Nihoyat, tayyor hujjatni qog‘ozga chop etish vaqti
yetdi. O‘zingiz tayyorlagan rasmlar, chizmalar va jadvallarga boy hujjatlar
qog‘ozda qanday ko‘rinishda aks etishini ko‘rishni xohlasangiz bu mavzuni
chuqur o‘zlashtirib olishingiz zarur.
Hujjatni qog‘ozga chop etish mushkul ish emas. Buning
uchun standart uskunalar panelidagi printer rasmi tasvirlangan Chop etish (Ïå÷àòü)
piktogrammasini sichqoncha yordamida bosish kifoya. Bu chop etishning eng oddiy
va eng qulay usulidir. Ammo zamonaviy printerlar turli xil usulda chop etish
imkoniyatiga ega. Masalan, qog‘ozning bitta sahifasiga hujjatning bir necha
sahifasini chop etish, hujjatni buklet yoki kitobcha shaklida chop etish va
hokazo.
Hujjatni chop etish parametrlarini o‘zgartirish uchun Fayl menyusining Chop etish (Ïå÷àòü) bo‘limi
tanlanadi. Natijada ekranga Chop etish
(Ïå÷àòü) lavhasi chiqadi. Chop etish lavhasi
Printer (Ïðèòåð),
Sahifalar (Ñòðàíèöû), Nusxalar
(Êîïèé), Masshtab (Ìàñøòàá), Qamrov (Âêëþ÷èòü),
Chop etish (Íàïå÷àòàòü) bandlaridan iborat.
Sahifalar
bandida barchasi (âñå), joriy (òåêóøàÿ), tartib
raqamlari (íîìåðà) va ajratilgan qism (âûäåëåíûå ôðàãìåíò) ko‘rsatmalari bo‘lib, ulardan biri sichqoncha
yordamida tanlanadi. Barchasi
ko‘rsatmasi tanlansa, hujjat to‘lig‘icha (barcha sahifasi) chop etiladi. Joriy ko‘rsatmasida joriy sahifa
(yurgich turgan sahifa) chop etiladi. Tartib raqami ko‘rsatmasi tanlansa, unga
tegishli oyna faollashadi. Bu oynaga chop etilishi lozim bo‘lgan sahifalarning
tartib raqamlari yoziladi. Masalan, unga 1,3,5—12 yozilgan bo‘lsa, birinchi,
uchinchi hamda beshinchidan to o‘n ikkinchigacha bo‘lgan sahifalar chop
etiladi. Ajratilgan qism ko‘rsatmasini faqatgina matnning biror qismi
belgilangandagina tanlash mumkin. Bu holda hujjatning belgilangan qismi chop
etiladi.
Nusxalar bandida nusxalar
soni ÷èñëî êîïèé) va nusxalar bo‘yicha ajratish (ðàçîáðàòü ïî êîïèÿì)
ko‘rsatmalari bor. Ular hujjat necha nusxada va qanday tartibda chop etilishini
ko‘rsatadi. Biror hujjatni 3 nusxada chop etish kerak bo‘lsin. U holda nusxalar soni oynasiga 3 raqami
yoziladi. Nusxalar bo‘yicha ajratish
ko‘rsatmasi belgilangan bo‘lsa, avval hujjatning birinchi nusxasi to‘lig‘icha
chop etiladi, keyin ikkinchi nusxasi, so‘ngra uchinchi nusxasi chop etiladi.
Agar bu ko‘rsatma belgilanmagan bo‘lsa, avval hujjatning birinchi sahifasi 3
nusxada chop etiladi, keyin ikkinchi sahifasi 3 nusxada chop etiladi va hokazo.
Masshtab bandida qog‘ozning bir sahifasiga hujjatning
nechta sahifasi chop etilishi ko‘rsatiladi. Buning uchun varaqdagi sahifalar soni ÷èñëî ñòðàíèö ëèñòå) oynasida
taklif etilgan 1 sahifa (1 ñòàíèöû), 2 sahifa (2 ñòàíèöû), 4 sahifa (4 ñòàíèöû) va hokazo
ko‘rsatmalardan biri tanlanadi.
Qamrov bandida barcha
sahifalar (Âñå ñòàíèöû äèàïàçîíà), toq tartib raqamli sahifalar (Íå÷åòíûå ñòàíèöû), juft tartib raqamli sahifalar (×åòíûå ñòàíèöû) ko‘rsatmalaridan biri tanlanadi. Barcha sahifalar ko‘rsatmasi tanlansa,
hujjat yoki uning belgilangan qismi to‘lig‘icha chop etiladi. Toq tartib raqamli sahifalar ko‘rsatmasi
tanlansa, hujjatning faqat toq tartib raqamli sahifalari chop etiladi. Juft tartib raqamli sahifalar
ko‘rsatmasi tanlansa, hujjatning faqat juft tartib raqamli sahifalari chop
etiladi.
Printer bandida printer haqida ma’lumot hamda Xususiyatlar (Ñâîéñòâà) tugmasi
bor. Sichqoncha yordamida Xususiyatlar
tugmasi bosilsa, ekranda printerning xususiyatlari lavhasi ochiladi. Shuni
aytish lozimki, printerlarning turiga qarab ularning xususiyatlari ham har xil
bo‘ladi. Shunga ko‘ra, xususiyatlar lavhasining ko‘rinishi va undagi axborotlar
ham turlicha bo‘ladi.
Printerlar turli-tuman xususiyatlarga ega bo‘lib,
quyida biz ularning hujjatni kitobcha shaklida chop etish xususiyati bilan
tanishamiz. Ta’kidlash joizki, hamma printerlar ham bunday xususiyatga ega emas.
Shu sababli kitobcha shaklida chop etish xususiyatini «HP Laserjet 1300» rusumli printer misolida ko‘ramiz. Mazkur
printerning xususiyatlari lavhasi 65-betdagi rasmda keltirilgan. Lavha bir
necha bo‘limdan iborat bo‘lib, hujjatni kitobcha shaklida chop etish uchun Yakuniy ishlov (Îêîí÷þ îáðàáîòêà) bo‘limiga
kiriladi. Undagi Hujjat parametrlari
(Ïàðàìåòðû äîêóìåíòà) bandidan Ikkala tomoniga chop etish (Ïå÷àòü íà îáåèõ ñòàíàõ) ko‘rsatmasini tanlanadi. Buklet maketida (Ìàêåò áóêëåòà) taklif
etilgan ko‘rsatmalardan Chap tomondan
muqovalash (Ïåðåïëåò ïî ëåâóìó êðàþ) ko‘rsatmasi tanlanadi. OK tugmasi bosilsa, yana Chop
etish lavhasiga qaytiladi. Bu lavhadagi OK tugmasi bosilsa hujjat chop etila boshlaydi. Avval hujjatning
bir qismi (yarmi) qog‘ozning bir tomoniga chop etiladi. Chop etilgan
qog‘ozlarning tartibini buzmagan holda yana printerga joylansa, hujjatning
qolgan qismi qog‘ozning orqa tomoniga chop etiladi. Chop etib bo‘lingan qog‘oz
varaqlarini tekislab, ikkiga buklasangiz kitobcha hosil bo‘ladi.
Hujjatni kitobcha shaklida chop etishda, ehtiyojga
qarab, o‘ng tomondan yoki yuqoridan muqovalash ham mumkin. Buning uchun buklet
maketida tegishli ko‘rsatma tanlanadi.
SAVOL
VA TOPSHIRIQLAR
1.
Uskunalar panelidagi qaysi
piktogramma yordamida hujjatni chop etish mumkin?
2.
Qaysi hollarda hujjatni chop etish
uchun Fayl menyusining Chop etish bo‘limiga kiriladi?
3.
Hujjatning joriy sahifasini chop
etish qanday amalga oshiriladi?
4.
Hujjatning ketma-ket kelmagan bir
necha sahifasini bir yo‘la chop etish mumkinmi?
5.
Hujjatning faqat belgilangan qismini
chop etish qanday amalga oshiriladi?
6.
Hujjatning faqat juft tartib raqamli
sahifalarini chop etish qanday amalga oshiriladi?
7.
Hujjatning faqat toq tartib raqamli
sahifalarini chop etish qanday amalga oshiriladi?
8.
Hujjatni bir yo‘la 5 nusxada chop
etish uchun qanday amallarni bajarish
kerak?
9.
Hujjatni kitobcha shaklida chop etish
uchun bajariladigan amallar
ketma-ketligini aytib bering.
MASHQLAR
1 .Oilangiz haqida «Mening oilam» nomli hujjat
tayyorlang va uni chop eting.
2 .«Mening oilam» nomli hujjatning bitta abzasini
belgilang va shu belgilangan abzasni chop eting.
3 .Ikki sahifalik biror hujjatni ikki tomonlama chop
etish usulidan foydalanib qog‘ozning ikkala tomoniga bosib chiqaring.